Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkman ertagi «o‘xshamay» qoldi

Turkman ertagi «o‘xshamay» qoldi

Foto: «the-afc.com»

Birlashgan Arab Amirliklarida futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi guruh bosqichining 1-tur bahslari o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston MTJ joy olgan «F» guruhida biroz avval Yaponiya — Turkmaniston uchrashuvi yakuniga yetdi.

Yaponlar yaqqol favorit sanalgan ushbu bahsda kutilmaganda uchrashuvning 27-daqiqasida turkmanlar hisobni ochdi. Arslonmurod Amonovning uzoq masofadan bergan superzarbasini yapon darvozaboni qaytara olmadi.

Shu tarzda birinchi bo‘lim turkmanlar g‘alabasi bilan yakunlandi. «Turkman ertagi» uzoq davom etmadi, ikkinchi taymning boshlaridanoq yaponlar tashabbusni qo‘lga oldi va ketma-ket gollar urib, ustunlikni o‘z tomonlariga og‘dirishdi.

Uchrashuvda Turkmaniston yana bir gol urishga erishdi, ammo bu ularni mag‘lubiyatdan qutilib qolishiga yetarli bo‘lmadi.

Osiyo kubogi. «F» guruhi

Yaponiya — Turkmaniston 3:2

Gollar: Arslonmurod Amonov (27, 0:1), Yuya Osako (56, 1:1), Yuya Osako (60, 2:1), Doan Ritsu (71, 3:1), Ahmet Atayev (79-pen, 3:2).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring