Tursinxon Xudaybergenov orden bilan mukofotlandi
Prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi, senator Tursinxon Xudaybergenov «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Xudaybergenov Orolbo‘yi mintaqasini har tomonlama rivojlantirish, hudud infratuzilmasini takomillashtirish, ekologik holatini yaxshilash, aholi muammolarini joyida hal etish yo‘lidagi ibratli ishlari, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 75 yilligi munosabati mukofotlangan.
Tursinxon Xudoybergenov (1951-yilda tug‘ilgan) — Toshkent pedagogika instituti (1974-yil) va SSSR IIV Akademiyasi (1982) bitiruvchisi. 1974−1999-yillarda IIVda turli lavozimlarda ishlagan. 1999−2001-yillarda Xorazm viloyati IIB boshlig‘i, 2001−2006-yillarda — prezidentning huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat maslahatchisi, 2006−2010-yillarda esa Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter