Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ucell»dan yangi xizmat: bolalar va ota-onalar uchun g‘amxo‘rlik

«Ucell»dan yangi xizmat: bolalar va ota-onalar uchun g‘amxo‘rlik

Bolajonlar uchun internetdan xavfsiz foydalanish imkoni, o‘zbek, rus va ingliz tillarida ongni o‘stiruvchi va ko‘ngilochar kontent, telefon orqali hamyonbop narxlarda qo‘ng‘iroqlar qilish hamda xalqaro qo‘ng‘iroq va SMSlar uchun ortiqcha xarajatlardan xalos bo‘lish – bularning barchasida sizga «COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) tomonidan taqdim etilgan «Bolalar uchun» yangi xizmati yordam beradi.

Odatda bolalarga aytilgan taqiqlar umuman ishlamaydi yoki ota-onalari ko‘zlaganidek ta’sir etmaydi. Shu boisdan Ucell «Bolalar uchun» xizmatini ulatishni taklif qiladi. Bunda farzandingiz faqat ruxsat etilganlar ro‘yxatidagi saytlargagina kira oladi.

Yangi xizmat bu – ikids.uz resursidan cheklovsiz foydalanish imkonidir: farzandingiz bu yerda bolalarga mos multfilm va kinofilmlar, seriallar, onlayn-TV, karaoke, onlayn o‘yinlar, musiqa, bolalar adabiyoti va audiokitoblar, bo‘yash mashqlari hamda qo‘lda yasash mashqlari bilan vaqtini xush o‘tkazishi mumkin.

«Bolalar uchun» xizmatining yana bir qulayligi bu – ikkita Ucell raqamiga qo‘ng‘iroq qilish uchun imtiyozli narxlar belgilanganligidir. Bolalar o‘z ota-onalariga hamyonbop tarifga ko‘ra qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin. Bundan tashqari, xalqaro qo‘ng‘iroqlar va SMSlardan foydalanishga cheklov qo‘yilganligi ota-onalarga bolalarning ehtiyotsizligi tufayli ortiqcha xarajatlar qilmaslik imkonini beradi.

«Ucell»dan yangi xizmat: ham bolalar uchun, ham ota-onalar uchun g‘amxo‘rlik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring