Uchta oltin! Osiyo o‘yinlarida kurashchilarimiz tengsiz bo‘lishdi
![Uchta oltin! Osiyo o‘yinlarida kurashchilarimiz tengsiz bo‘lishdi](https://xabar.uz/static/crop/2/5/920__95_2580075205.jpg)
Osiyo o‘yinlarida to‘rt nafar kurashchimiz O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga to‘rtta medal olib keldi, shundan uchtasi oltin!
Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Muhsin Hisomiddinov ikkinchi bor Osiyo o‘yinlari g‘olibligini qo‘lga kiritdi. -90 kg vaznda kurashgan polvonimiz finalda turkmanistonlik Tejen Tejenovdan ustun kelib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
-66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Artyom Shturbabin chempionlikni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz finalda eronlik Majid Barimanlouni dog‘da qoldirdi.
-52 kg vazn toifasining final bellashuvi yakunlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar vakili o‘zaro to‘qnash kelishdi. Qiziqarli bahs Ortiqboyevaning g‘alabasi bilan yakunlandi. Elmurodova esa musobaqani kumush medalga sazovor bo‘ldi.
1-2 oktyabr kunlari yana 4 ta vazn toifasida kurashchilarimiz bahslarda ishtirok etishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter