Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchta yirik OTMda rektorlar ishdan ketdi

Uchta yirik OTMda rektorlar ishdan ketdi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistondagi uchta yirik OTMda rektorlar ishdan ketdi. 

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon To‘xtasinov lavozimidan ozod etilgan. Universitet saytida rahbar o‘rni vakant turibdi.

9-noyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Botir Usmonov o‘z xohishi bilan ishdan ketdi.

11-noyabrda esa Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Hamidov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tish kerak, 9-noyabr kuni Ta’lim va fan vaziri Erkinjon Turdimov intervyusida «Hali bitta rektorni ham ishdan olmadim», deya besh nafar rektor lavozimidan ozod etilgani haqidagi xabarlarni rad etgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring