Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukraina Avdeyevkada kechgan katta jangni boy berdi. Bu Putinga saylovoldi sovg‘ami?

Ukraina Avdeyevkada kechgan katta jangni boy berdi. Bu Putinga saylovoldi sovg‘ami?

Zelenskiy Avdeyevkada. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy dekabr oyi oxirida shiddatli janglar avj olgan Avdeyevkaga tashrif buyurdi.

Shanbaga o‘tar kechasi Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Donetsk viloyatidagi Avdeyevkadan Ukraina qo‘shinlari olib chiqib ketilganini ma’lum qildi. Ruslar Ukraina qo‘shinlarining bir qismini o‘rab olishga muvaffaq bo‘lishdi va himoyalanuvchilarni zarur vositalar bioan ta’minlagan oxirgi asosiy yo‘lni kesib qo‘yishdi.

«Avdeyevka atrofida yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, qurshovga tushmaslik, harbiy xizmatchilarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlab qolish uchun men bo‘linmalarimizni shahardan olib chiqib, mudofaaga qulayroq yo‘nalishlarni egallashlariga buyruq berdim», dedi Sirskiy o‘z bayonotida.

Tavriya guruhi qo‘mondoni Aleksandr Tarnavskiyning aytishicha, «askarlar allaqachon olib chiqilgan» va ukrainalik harbiylar «ma’lum chiziqlarda mudofaa pozitsiyalarini egallagan».

Rossiya bor kuchini tashladi

Rossiya kuchlari 2022 yil fevral oyida keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan beri Avdeyevkani bir necha bor egallashga uringan. Unga keng miqyosli hujum 2023 yilning kuzidan beri amalga oshirilmoqda edi.

Rossiya hukumatiga yaqin manbalarning aytishicha, Kreml Vladimir Putinning qayta saylanishi arafasida Ukrainaga qarshi urushda muvaffaqiyat qozonganini namoyish qilish uchun mart oyidagi prezidentlik saylovlari oldidan shaharni har qanday holatda ham bosib olishga buyruq bergan.

Ukraina mudofaa kuchlari uzoq vaqt davomida chiziqni ushlab turishdi, yanvar oyining oxirida ekspertlar keskin vaziyat va garnizonni olib chiqish zarurati haqida gapira boshladilar, ammo bu sodir bo‘lmadi.

Avdeyevkadagi cherkov xarobalari

Avdeyevka Donetsk yaqinidagi kichik sanoat shahri bo‘lib, rossiyaparast ayirmachilar tomonidan Rossiya qo‘shinlari ko‘magida qariyb 10 yil avval – 2014 yil bahorida bosib olingan.

Bu yillar davomida Avdeyevka u yerda kuchli mudofaa istehkomlarini qurgan Ukraina qo‘shinlari tomonidan ushlab turilgan. Tomonlarning mudofaa chizig‘iga yaqin bo‘lishiga qaramay, keng ko‘lamli urush boshlanishiga qadar shahar iqtisodiy jihatdan rivojlandi.

2022 yil fevral oyida Rossiya bosqinchiligi hamma narsani o‘zgartirdi. Mahalliy zavod yopildi va aholining aksariyati har kungi dahshatli portlashlardan qutulish uchun shaharni tark eta boshladi.

Rus armiyasi qudratli mudofaa chizig‘ini bir zumda yengib o‘tib bo‘lmasligiga ishonch hosil qildi va havo zarbalari va piyodalar hujumi bilan shaharni vayron qilishga o‘tdi.

Bugungi kunga kelib, kuchli bombardimon va janglar natijasida shahardagi deyarli barcha binolar butunlay vayron bo‘lgan yoki sezilarli darajada shikastlangan.

Ikkala tomon uchun Avdeyevka muhim siyosiy va harbiy ahamiyatga ega edi. Rossiya Donetsk Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan artilleriya o‘qlari ostida qolmasligi uchun Ukraina qo‘shinlarini xavfsiz masofaga chekinishiga harakat qildi.

Ukraina uchun Avdyeyevka uchun kurashish mantiqiymi?

Ukraina uchun Avdeyevka yirik temir yo‘l kesishmasi, kuchli sanoat markazi, shuningdek, Donetsk uchun doimiy potensial tahdid sifatida muhim ahamiyatga ega.

Undan bir necha kilometr uzoqlikda Donetsk, Gorlovka va Luganskni bog‘laydigan yo‘l bor. Agar uni qisqartirish mumkin bo‘lsa, bu rus qo‘shinlarining moddiy-texnik ta’minotini sezilarli darajada murakkablashtirardi.

Avdeyevka xarobalari. Kuchli janglar sabab Avdeyevkada deyarli birorta ham buzilmagan bino qolmagan.

10 oktabrda rus armiyasi Ukraina kuchlarini siqib chiqarish maqsadida Avdeyevkaga qarshi kuchli hujum boshladi.

Kiyev hisob-kitoblariga ko‘ra, hujumda 40 mingga yaqin rus askari qatnashgan, janubiy va shimoliy qanotlardan hujum qilib, Avdeyevkani aylanib o‘tib, uni o‘rab olishga harakat qilgan.

Ukraina rasmiylarining ta’kidlashicha, ruslar katta yo‘qotishlarga duch kelishdi — hujumning birinchi oyida 10 mingga yaqin jangchi.

Avdeyevka — «qabriston shahar»

Avdeyevka yaqinidagi to‘rt oylik janglar davomida ruslar shimol va janubda bir necha kilometr oldinga siljishga muvaffaq bo‘lishdi. Ular Stepnoye va Berdich qishloqlarini egallab, Ukraina Qurolli Kuchlarining muhim tayanchlaridan biri bo‘lgan mahalliy koks zavodiga yaqinlashdilar.

Yanvar oyida rus qo‘shinlari shaharga kirib, ko‘cha janglarini boshlashga muvaffaq bo‘lishdi. Ular, shuningdek, Ukraina garnizoniga yuklar yuborilayotgan asosiy yo‘lga yaqinlashayotgan edi.

Buzilgan Ukraina tanki. Rossiya armiyasi yo‘qotishlarga qaramay, Avdeyevkaga bostirib kirishga harakat qildi.

Fevral oyi boshida shahar himoyachilari uchun vaziyat keskinlashdi, bir qator harbiy kuzatuvchilar qamal xavfi haqida gapira boshladilar. Ammo Kiyev Avdeyevkadan chekinishga buyruq bermadi va u yerga eng tajribali bo‘linmalarni yubordi.

Bu harbiy ekspertlar ogohlantirganidek, Baxmutdagi vaziyatni takrorladi. Fevral oyi o‘rtalarida Ukraina Qurolli kuchlari askarlari chiqishi uchun xavfsiz yo‘lak bor-yo‘g‘i 4-5 kilometrni tashkil qildi.

Katta yo‘qotishlarga qaramay, Kreml bu yo‘nalishdagi maqsadlariga erishdi. Ukraina qurolli kuchlarining 2014 yildan beri o‘zgarmagan so‘nggi mudofaa chizig‘i quladi.

Rossiya armiyasining navbatdagi muhim nishoni Avdeyevkadan 30 km g‘arbda joylashgan Selidovo shahri yoki Selidovodan 12 km shimoli-g‘arbda joylashgan Pokrovsk shahri bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring