Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina bo‘yicha uch tomonlama muzokaralar to‘xtab qoldi – Zelenskiy

Ukraina bo‘yicha uch tomonlama muzokaralar to‘xtab qoldi – Zelenskiy

Ukraina prezidenti Zelenskiy o‘zining Milliy xavfsizlik va mudofaa masalalari bo‘yicha kotibi Rustem Umerov bilan bilan Amerika tomoni bilan aloqalari haqida suhbatlashganini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, «hozir Eron atrofidagi vaziyat tufayli uch tomonlama uchrashuv uchun hali kerakli signallar yo‘q».

«Ammo xavfsizlik holati va kengroq siyosiy kontekst bizga uch tomonlama diplomatik ishlarni qayta boshlashga imkon berishi bilan, bu amalga oshiriladi. Ukraina bunga tayyor», – deydi u.

Ma’lumot uchun, yangi uchrashuv mart oyi boshida Abu-Dabida o‘tishi kutilgan edi. Bu uchrashuv Yaqin Sharqda urush boshlanishidan oldin kelishib olingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring