Ukraina uchun «NATO-layt» mexanizmi taklif qilinyapti

Yevropa yetakchilari Ukraina xavfsizligi uchun yangi kafolat sifatida NATOning 5-moddasiga (kollektiv himoya) o‘xshash mexanizmni muhokama qilmoqda.
Bu rejaga ko‘ra, agar Rossiya Ukrainaga yana hujum qilsa, G‘arb ittifoqchilari 24 soat ichida shoshilinch maslahat yig‘ilishi o‘tkazib, harbiy yordam berish-bermaslik haqida qaror chiqarishi shart bo‘ladi.
Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, bu tashabbusni Italiya bosh vaziri Jorjiya Meloni ilgari surmoqda.
Manbalarga ko‘ra, ehtimoliy choralar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
- Ukrainaga tezkor va uzoq muddatli mudofaa yordamini berish,
- iqtisodiy yordam ko‘rsatish,
- ukrain armiyasini mustahkamlash,
- Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish.
Manba: bloomberg.com
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter