Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada Aleksey Arestovichga qarshi jinoiy ish ochildi

Ukrainada Aleksey Arestovichga qarshi jinoiy ish ochildi

Ukraina prezidenti devoni rahbari sobiq maslahatchisi Aleksey Arestovichga nisbatan jinoiy ish ochilgani aytilmoqda.

Bu haqda Oliy Rada deputati Natalya Pipa o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

«Ukraina milliy politsiyasi bu haqda menga xabar berdi, men ham sizni xabardor qilaman», deya yozgan Rada deputati. U jinoyat ishini qaysi organ va qaysi modda bilan ochganiga aniqlik kiritmadi.

Oktyabr oyida Rossiyada ham Arestovichga qarshi ikki modda bo‘yicha jinoiy ish ochilgan edi. U, shuningdek qidiruvga ham berilgan. 

Eslatib o‘tamiz, urushning dastlabki yilida asosiy figuralardan biri bo‘lib kelgan Arestovich Ukrainada prezidentlik saylovlari bo‘lsa nomzodini qo‘yishini ma’lum qilgandi. Ayni damda u mamlakatdan chiqib ketib, G‘arb davlatlaridan birida yashayotgani aytiladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring