Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainadan jami qancha o‘zbekistonlik evakuatsiya qilingani ma’lum bo‘ldi

Ukrainadan jami qancha o‘zbekistonlik evakuatsiya qilingani ma’lum bo‘ldi

Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati.

2022-yilning 2-mart kuni uchta samolyot bilan 671 nafar O‘zbekiston fuqarosi Polshaning Katovitse aeroporti orqali Ukrainadan evakuatsiya qilindi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi maxsus vakili xabar berdi. 

Ular orasida 129 ayollar, 82 bolalar va 14 chaqaloqlar bor.

Umumiy hisobda Ukrainadan 1 859 nafar vatandoshimiz olib kelindi.

Bugun yana bir necha evakuatsiya qatnovini tashkil etish rejalashtirilgan.

Polsha hududida mamlakatimizning 1100 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 550 nafari Polsha davlat chegarasidagi to‘planish nuqtasiga, 550 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring