Ko‘cha sotuvchilariga tamaki mahsulotini sotganlik uchun 15 mln so‘mgacha jarima solinishi mumkin
Bugun, 2023 yil 26 avgustdan O‘zbekistonda «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida»gi Qonun kuchga kirdi.
Yangi qonunga ko‘ra, O‘zbekistonda quyidagilar taqiqlanadi:
— ko‘cha sotuvchilarining faoliyati;
— tamaki mahsulotlarini maxsus jihozlangan savdo nuqtalaridan boshqa joyda sotish;
— markirovkasiz tamaki mahsulotlarini sotish;
— «donabay» sigaret sotish;
— 21 yoshga yetmagan shaxslarga tamaki mahsulotlarini sotish.
Ko‘cha sotuvchilarining faoliyati tovarni to‘liq musodara qilish va 15 million so‘mgacha jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.
Qonun talablarining ijrosi uchun IIV, soliq organlari, bojxona organlari, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish organi (MQQ), O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti mas’ul etib belgilangan.
Ushbu qonun ham qonuniy sigaret bozorida tartib o‘rnatishga, ham tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi darajasini pasaytirishga ko‘mak berishi lozim.
Ta’kidlanishicha, sigaret kontrabandasiga oid vaziyat halokatli ko‘rinish olgan. Faqat 2023 yilning dastlabki 7 oyining o‘zida davlat budjeti 400 mlrd so‘m ololmagan. Kontrabanda bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni Farg‘ona vodiysi (47,3%) va Toshkent (18,3%) egallaydi. O‘zbekistonda tamaki mahsulotlari noqonuniy aylanmasining jami ulushi 24,8% ni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, noqonuniy sigaret savdosiga taqiq o‘smirlar uchun ham tamaki mahsulotiga yo‘lni to‘sadi, axir kontrabanda sigaretlar sotuvchilarini xaridorning yoshi qiziqtirmaydi, ular voyaga yetmaganlarga ham xotirjam sigaret sotaveradilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter