Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umumxalq xayriya hashari sanasi ko‘chirildi

Umumxalq xayriya hashari sanasi ko‘chirildi

Foto: Xabar.uz

«Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki» shiori ostida 2023-yil 11-mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi haqida avval xabar berilgan edi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida ushbu umumxalq xayriya hashari Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida hamda tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida 2023-yil 11-martdan 18-martga ko‘chirildi.

Eslatib o‘tamiz, hashar mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, bolalar maydonchalari va boshqa joylarni obodonlashtirish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring