Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uychi tumanining hokimi, prokurori, IIB va soliq boshliqlari ishdan olindi

Uychi tumanining hokimi, prokurori, IIB va soliq boshliqlari ishdan olindi

Namangan viloyati Uychi tumanida to‘rtta sektor rahbarlari – tuman hokimi Abdug‘ani Turdiyev, tuman prokurori Baxtiyor Abdurahimov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Ravshan Yusubjonov va tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Rasuljon Otaxonov egallab turgan vazifalaridan ozod etildi, deb xabar bermoqda «Namnews.uz».

Ma’lum qilinishicha, «to‘rtlik» rahbarlari g‘o‘za parvarishida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi, mavsum davomida xotirjamlikka berilib, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatda to‘g‘ri tashkil etmaganligi, o‘z xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qaraganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring