Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UzAuto Motors» bilan bog‘liq ishni to‘xtatishning bitta yo‘li bor – Antimonopol qo‘mita

«UzAuto Motors» bilan bog‘liq ishni to‘xtatishning bitta yo‘li bor – Antimonopol qo‘mita

Bugun AOKAda «Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda uning hududiy boshqarmalarida joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar va ularning samaradorlik natijalari bo‘yicha o‘rganish natijalari» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi vakillari «UzAuto Motors» bilan bog‘liq sud qaroriga izoh berishdi.

«Biz sud qarorini hurmat qilamiz, biroq hisob-kitoblarimizga nisbatan shubhamiz yo‘q, o‘z fikrimizda qolamiz. Sud qarori ustidan berilgan apellyasiya rasmiyatchilik uchun qilinayotgani yo‘q», dedi qo‘mita raisi o‘rinbosari Bekzod Ummatov.

«UzAuto Motors» bilan bog‘liq holatni to‘xtatishning bitta yo‘li bor — kirib kelayotgan avtomobillar uchun bojxona to‘lovini pasaytirish. Agar raqobat bo‘lsa, ularni tekshirishga ham hojat qolmaydi. Raqobatning o‘zi hammasini joy-joyiga qo‘yadi.

Agar shu narsa hal bo‘lmasa, «UzAuto Motors» ishini har yili ko‘rib chiqishimiz, sudda yutishimiz ham mumkin. Biroq bu natija bermaydi, buning davosi — bozorda raqobatni paydo qilish», deya qo‘shimcha qildi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisning birinchi o‘rinbosari Bobir Karimov.

Eslatib o‘tamiz, «UzAuto Motors»ning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasi qarorini haqiqiy emas, deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasi bo‘yicha shu yilning 30-oktyabr kuni sudning hal qiluv qarori qabul qilingandi.

Kuni kecha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent shahar sudining ushbu hal qiluv qaroriga nisbatan apellyasiya shikoyatini kiritgani ma’lum bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring