Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

UzAuto Motors «shapka» mavzusiga munosabat bildirdi

UzAuto Motors «shapka» mavzusiga munosabat bildirdi

UZAUTO MOTORSda yana avtomobillarni sotib olish uchun «turnaqator navbatlar» yuzaga kelgani va buning oqibatida «shapka tizimi» qaytgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Kompaniya ushbu xabarlarga javoban, yuzaga kelgan holatdan foydalanib, ba’zi bir vijdonsiz bo‘lgan subektlar tomonidan spekulyativ vaziyatlar va noqonuniy harakatlar (jumladan, «shapka» so‘rash – tahr.) sodir etilayotganini hamda bunga qarshi «O‘zavtosanoat» AJ faol kurash olib borayotganini ma’lum qildi.

«Agar siz avtomobil xarid qilish vaqtida ma’lum bir avtomobil modelini sotib olish bo‘yicha shartnomalar yo‘qligi bilan bog‘liq bo‘lgan qonunbuzarlik yoki boshqa turdagi korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, zudlik bilan UzAuto Motors AJning mijozlar bilan ishlash markazi 78 141 77-77 yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 1007 qisqa raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Shaxsiy ma’lumotlaringizning maxfiy qolishi kafolatlanadi!», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring