Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

UzAuto Motors shartnoma berishni yana bir necha kunga to‘xtatdi

UzAuto Motors shartnoma berishni yana bir necha kunga to‘xtatdi

UzAuto Motors kompaniyasi barcha avtomobillarni topshirish va to‘lovlarni qabul qilishni yana bir necha kunga to‘xtatdi.

Kompaniya xabariga ko‘ra, SAP hisob dasturiy ta’minotini ishga tushirish tadbirlarining o‘tkazilishi sababli UzAvtoSavdo ilovasi faoliyati ham vaqtincha to‘xtatib turilishi mumkin.

Dasturiy ta’minotni yangilash va inventarizatsiya ishlari yakunlangandan so‘ng, kontraktatsiya shartnomalarini tuzish, oldindan to‘lovni qabul qilish va avtomobilni yetkazib berish to‘liq hajmda qayta tiklanadi.

2022 yil, yangi yil arafasida avtomobil yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgan va vaqtinchalik cheklov uchun oldindan to‘lovni amalga oshira olmagan shaxslar ish qayta tiklanganidan so‘ng, avtomobil uchun oldindan to‘lovni amalga oshirishi mumkin.

Shu bilan birga, avtomobil yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar o‘z kuchida qoladi, faqat oldindan to‘lov muddati uzaytiriladi.

Avvalroq UzAuto Motors 4 yanvardan shartnoma berish, avtomobillarni topshirish va to‘lovlarni amalga oshirishni vaqtincha to‘xtatgandi va bu holat 4-5 kun davom etishi mumkinligi aytilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring