Bugun O‘zbekistonning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
Bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq, shimolda 5-10° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ertalab tuman tushadi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-15° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter