Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShda akulani ko‘tarib parvoz qilayotgan qush tasvirga olindi (Video)

AQShda akulani ko‘tarib parvoz qilayotgan qush tasvirga olindi (Video)

Foto: «Bison-info.pro»

Janubiy Karolinadagi plyajlardan birida panjalarida akulaga o‘xshash baliqni ko‘tarib parvoz qilayotgan bahaybat qushni videoga olishdi, deya xabar berdi «Movieweb».

Rolik ijtimoiy tarmoqlarda virus kabi juda tez tarqaldi.

Foydalanuvchilarning fikricha, bu qanotlarining uzunligi 1,7 metrga yetadigan bahaybat yirtqich qush (skopa) hisoblanadi. U asosan baliqlar bilan oziqlanadi.

Faqat uning o‘ljasi borasida bahs-munozaralar kelib chiqdi. Kimdir uni ispan makreli desa, yana kimdir akulalarning kichik turi ekanligini ta’kidlamoqda.

 
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring