Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Vagner” Kiyevga hujumini Belarus hududidan boshlashi mumkin – britaniyalik general

“Vagner” Kiyevga hujumini Belarus hududidan boshlashi mumkin – britaniyalik general

Britaniyalik general Lord Dannatning so‘zlariga ko‘ra, agar Prigojin qo‘lida katta jangovar kuch to‘plagan bo‘lsa, u yana xavf tug‘dirishi mumkin.

“Uning Belarusga ketgani ba’zi xavotirlarni uyg‘otadi. Agar Prigojin atrofida jangovar kuchlarni saqlab qolgan bo‘lsa, u yana Kiyevga eng yaqin bo‘lgan Ukraina qanotiga xavf tug‘diradi”, – deydi u Sky News nashriga. 

Uning fikricha, Ukrainaga qarshi urushlarda Rossiya yana “Vagner” yollanma askarlaridan foydalanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Vagner” xususiy harbiy shirkati jangchilarining Moskvaga harakati Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va Yevgeniy Prigojin o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng to‘xtatilgan edi.

Ayni paytda Prigojinning matbuot xizmati uning hali aloqaga chiqmasligini ma’lum qilgan.

U oxirgi marta Rostovdan ketganida ko‘rinish bergan, hozir qayerda ekanligi noma’lum.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring