Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazirlik va idoralarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi

Vazirlik va idoralarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi

Prezidentning joriy yil 25-yanvardagi tegishli Farmoni bilan hukumatga bo‘ysunadigan mustaqil vazirlik va idoralar soni jami 26 ta etib belgilandi. Ular tarkibiga kirgan barcha qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar bilan birgalikda jami 69 tani tashkil qilmoqda.

Jumladan:

— vazirliklar – 21 ta;

— qo‘mitalar – 12 ta, shundan 2 tasi mustaqil maqomga ega;

— agentliklar – 25 ta, shundan 3 tasi mustaqil maqomga ega;

— inspeksiyalar – 11 ta.

Shuningdek, vazirlik va idoralarning o‘zbek va rus tillaridagi qisqartma nomlari tasdiqlanib, ularni yig‘ilish va videoselektor bayonlari, xizmat yozishmalari, tahliliy materiallarda ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring