Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vodiyda kuzatilayotgan holat sabab poyezdlar bir kunga to‘xtatildi

Vodiyda kuzatilayotgan holat sabab poyezdlar bir kunga to‘xtatildi

Foto: «Xabar.uz»

Fag‘ona vodiysida noqulay ob-havo va tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilmoqda.

Shu bois, poyezdlar harakat xavfsizligi hamda yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2022 yil 5 may kuni Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 60/59-sonli hamda 62/61-sonli yo‘lovchi poyezdlar harakati vaqtincha, ya’ni bir kunga to‘xtatiladi.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabariga ko‘ra, yo‘lovchilarga xarid qilingan chiptalari 100 foiz miqdorda qaytarib beriladi.

Shuningdek, vodiy viloyatlarida harakatlanadigan elektropoyezdlar harakat jalvaliga ham o‘zgartirish kiritiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring