Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalq bankining xalqaro reytingi oshdi

Xalq bankining xalqaro reytingi oshdi

Foto: «Xabar.uz»

Aksiyadorlik tijorat Xalq bankining keyingi yillarda erishayotgan moliyaviy barqarorlik va yuqori o‘sish sur’atlari xalqaro nufuzli tashkilotlar tomonidan ham yuksak baholanmoqda.  

Jumladan, jahonning eng nufuzli Xalqaro reyting kompaniyaci – «Standard & Poors» agentligi tomonidan o‘tgan yili Xalq bankining faoliyati V/V, BARQAROR reytingi bilan baholangan bo‘lsa, shu yilning iyul oyida bankning kredit reytingi yana bir pog‘onaga oshib, V+/V BARQAROR darajasida tasdiqladi.

Albatta, Xalq bankining xalqaro miqyosda e’tirof etilishida bankni davlat va hukumat darajasida qo‘llab-quvvatlanishi, ko‘plab imtiyoz va imkoniyatlar berilishining ahamiyati katta bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi «O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki va «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan 2018-2019 yillarda Xalq banki ustav kapitalini 1,6 trillion so‘mga oshirish ko‘zda tutilgani fikrimiz isbotidir.  

Bank axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring