Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

 Davlatlararo qidiruvdagi o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi

 Davlatlararo qidiruvdagi o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi

Politsiya xodimlari Sankt-Peterburg shahrida davlatlararo qidiruvda bo‘lgan 55 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olishdi. Bu haqda «78.ru» axborot sayti o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

Ayol yirik miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda. Aniqlanishicha, u 2018 yil avgust oyida o‘z uyini tanishiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, undan 13,5 ming dollar avans pulini olgan. Biroq va’dasini bajarmay, pullarni o‘zlashtirib, sarflab yuborgan.

Ayol hibsga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring