Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar IIBB jinoyatchilik kamayib borayotganini qayd etdi

Toshkent shahar IIBB jinoyatchilik kamayib borayotganini qayd etdi

Foto:«Xabar.uz»

Yakkasaroy tuman IIO FMBda «Xavfsiz poytaxt» konsepsiyasi doirasida o‘tgan bir oyda amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB, Milliy gvardiya, Toshkent shahar hokimligi hamda jamoatchilik institutlari vakillari ishtirok etdilar. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, o‘zaro hamkorlikdagi uzluksiz patrullash xizmati doirasida shahar miqyosida iyul oyida jinoyatchilikni sezilarli ravishda pasaytirishga erishildi. Demak o‘tgan yilning iyul oyi bilan solishtirganda shaharda jinoyatchilik 61,6%ga, kechki va tungi vaqtlarda esa 62,7%ga pasaygan. Xuddi shu ko‘rsatkich Yakkasaroy tumanida -72,8% ni ko‘rsatmoqda, shu jumladan kechki vaqtlarda -61,4%ni tashkil qilgan.

Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan jinoyatlarni barvaqt aniqlash, ayniqsa alkogol ichimlik ta’sirida sodir etilayotgan bezorilik, tanaga jarohat yetkazishga oid huquqbuzarlik holatlari tanqidiy ko‘rib chiqildi. Shuningdek, aholi o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga amal qilish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring