Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xelsinkida yangi taom tayyorlandi: nomi – «Tramputin»

Xelsinkida yangi taom tayyorlandi: nomi – «Tramputin»

Foto: «klops.ru»

Finlandiya poytaxti Xelsinki shahridagi «Kaffekievari» restoranida AQSh prezidenti va Rossiya rahbari uchrashuvi arafasida maxsus taom: «Tramputin» tayyorlandi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «Tramputin» taomi qizil baliqli rus quymog‘i, smetana va piyoz bilan birga, muzqaymoq va rezavorlardan tayyorlangan pankekdan tashkil topgan. Oshpazlarning fikricha, taom bir vaqtning o‘zida ham Sharq, ham G‘arbni, ham shirin, ham chuchuklikni o‘zida jamlaydi.

Restoran vakillarining aytishicha, bu taom rasmiyatchilikdan mutlaqo xoli. Agar u mijozlarga yoqsa, prezidentlar uchrashuvidan keyin ham menyuda bo‘ladi va sotiladi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh va Rossiya prezidentilari shu yil 16-iyul, dushanba kuni Xelsinki shahrida uchrashishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring