Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy aeroportlarida kontrabanda vositalari 0,7 soniyada aniqlanadi

Xitoy aeroportlarida kontrabanda vositalari 0,7 soniyada aniqlanadi

Foto: «NV.ua»

Xitoyda sun’iy intellekt bazasida xavfsizlik nazoratini amalga oshiruvchi jihozlar yaratildi, u tekshiruvni tezroq yakunlash va navbatlarning kamayishiga xizmat qiladi. Yangi qurilma 95 foiz aniqlikda 89 turdagi kontrabanda mahsulotlarini 0,7 soniyada aniqlaydi, deb xabar berdi «NV.ua».

Xitoyda tekshiruvlarning asosiy qismi portativ metall izlovchi detektorlar yordamida amalga oshiriladi, bu esa, o‘z navbatida, ko‘p vaqt va kuch talab qiladi. Ayrim joylarga rentgen skanerlari o‘rnatilgan, biroq ularda nurlanish xavfi mavjud.

Odamlar qo‘llarini ko‘targan holda qurilma orqali o‘tadi, u esa metall va nometall buyumlarni, shuningdek, kiyim ostiga berkitilgan kontrabanda vositalarini aniqlashga qodir.

Bosh konstruktor Xu Linyaning so‘zlariga qaraganda, yangi qurilmaning elektromagnit nur tarqatishi mobil telefonlar signalidan chiquvchi nurlarning mingdan bir qismini tashkil etadi, xolos. Bundan tashqari unda «shaxsiylikni intellektual himoya qilish texnologiyasi» ham qo‘llanilgan.

Ushbu qurilma sinov tariqasida Shoudu xalqaro aeroportiga o‘rnatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring