Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy tomoni Samarqandga 2 ta avtobus va 40 mikroavtobus sovg‘a qildi

Xitoy tomoni Samarqandga 2 ta avtobus va 40 mikroavtobus sovg‘a qildi

Samarqandga Xitoydan 2 ta avtobus va 40 mikroavtobus sovg‘a sifatida keltirildi.

Ma’lum qilinishicha, sovg‘a kelgusi haftada Samarqandda o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi sammiti munosabati bilan olib kelingan.

Xitoy Xalq Respublikasi hukumatining sovg‘asi sifatida «Yutong» zavodi vakillari tomonidan taqdim etilgan avtobuslarni Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev  qabul qilib oldi.

Tadbirda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida aloqalar barcha sohalarda mustahkamlanib borayotganligi, bu transport vositalari nufuzli sammitning yuksak saviyada o‘tkazishga yordam berishi ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring