Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda blogerlik faoliyati cheklandi — maxsus malaka talab qilinadi

Xitoyda blogerlik faoliyati cheklandi — maxsus malaka talab qilinadi

foto:https://barlamantoday.com/

Xitoyda ijtimoiy tarmoqlar blogerlari uchun yangi qonun kuchga kirdi. Unga ko‘ra, tibbiyot, huquq, ta’lim va moliya kabi sohalarda kontent joylashtirishni xohlagan ta’sir o‘tkazuvchilar ya’ni bloger, inflyuenserlar avval maxsus malakaga ega ekanliklarini tasdiqlashlari shart, deb xabar bermoqda IOL nashri.

Qonun Xitoy kiberxavfsizlik boshqarmasi (CAC) tomonidan internetdagi noto‘g‘ri ma’lumotlarga qarshi keng ko‘lamli harakatlar doirasida qabul qilingan.

Endilikda Douyin, Bilibili va Weibo kabi yirik platformalar blogerlarning ma’lumotlarini tekshirish, manbalarni ko‘rsatish va iqtiboslarni to‘g‘ri berish uchun mas’ul bo‘ladi. Shuningdek, ijodkorlar kontentlarida ma’lumot tadqiqotlarga tayanilganmi yoki sun’iy intellekt orqali yaratilganmi, aniq belgilashlari lozim.

Qonun oziq-ovqat, tibbiy qo‘shimchalar va xizmatlarga oid yashirin reklamalarni taqiqlaydi. Platformalar esa jamoat salomatligi va moliyaviy xavfsizlikka ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yolg‘on ma’lumotlarning oldini olish uchun nazoratni kuchaytiradi, qoidalarni bajarmaganlar jarimaga tortiladi.

Bu tartibning asosiy maqsadi — «ijtimoiy ta’siri yuqori sohalarda ishonchli ma’lumot aylanishini ta’minlash», deb ta’kidladi CAC.

Shu bilan birga, ekspertlar yangi qonunni ikki xil baholamoqda: ayrimlar buni dezinformatsiyaga qarshi mantiqiy chora deb hisoblasa, boshqalar erkin fikr va mustaqil ovozlarni cheklash xavfini ko‘rishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring