Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda dunyodagi eng uzun ko‘prik ochildi

Xitoyda dunyodagi eng uzun ko‘prik ochildi

Foto: «RIA Novosti»

Xitoyda Gonkong avtonom viloyati, Chjuxay va Makao shahrini bir-biriga bog‘lovchi dunyodagi eng uzun ko‘prik ochildi, deya xabar beradi «Sabah.com» nashri.

Ko‘prikning uzunligi 55 kilometr bo‘lib, 20 milliard AQSh dollari qiymatiga ega.

Inshootning ochilish marosimida XXR raisi Si Szinpin ishtirok etdi.

Ko‘prik orqali Gonkong va Makao shahri 11 ta shahar bilan bog‘lanadi. Yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan bu inshoot AQShga raqib sifatida baholanmoqda.

«RIA Novosti»ning xabar qilishicha, ko‘prik bo‘ylab qatnov 24-oktyabrdan boshlanadi. U orqali Gonkongdan Chjuxaygacha bo‘lgan 3 soatlik masofani 30 daqiqada bosib o‘tish mumkin bo‘ladi.

Ko‘prikning og‘irligi 400 ming tonna bo‘lib, 120 yil xizmat qilishga mo‘ljallangan. Shuningdek, u shamol soatiga 300 km.dan tezroq harakatlanadigan kuchli to‘fon va 8 magnitudali zilzilaga chidamli qilib yaratilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring