Xitoyda dunyodagi eng kuchli superkompyuter yaratildi
Xitoyda dunyodagi eng kuchli, quvvati «eksaskeyl» darajasiga chiqarilgan yangi avlod superkompyuterining ishchi modeli taqdim etildi, deb xabar bermoqda «Sinxua» agentligi.
«Tianhe-3» nomi berilgan bu qudratli mashina shu paytgacha jahon superkompyuterlari orasida yetakchi bo‘lib turgan «Sunway TaihuLight»(Xitoy)dan o‘nlab marotaba kuchlidir.
Eslatib o‘tamiz, 1 eksaflops — bir soniyada kvintilon (10 ning 18-darajasi) amaliyot bajarilishini anglatadi.
Ushbu superkompyuter 2020-2021-yillarda ishga tushirilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter