Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda haydovchi mashinani odamlar ustiga haydadi: 35 kishi o‘ldi

Xitoyda haydovchi mashinani odamlar ustiga haydadi: 35 kishi o‘ldi

Xitoyning Chjuxay shahrida (Guandun provinsiyasi) mashina olomon ustiga haydalishi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi, yana 43 kishi yaralandi. Bu haqda politsiya xabariga asoslanib, Sinxua agentligi xabar berdi.

«11 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:48da avtomashina haydovchisi Chjuxay shahridagi sport markazida sport bilan shug‘ullanayotgan odamlarni urib yubordi, natijada 35 kishi halok bo‘ldi», — deyiladi xabarda.

Politsiya 62 yoshli haydovchini hibsga oldi. Hozirda u voqea joyida o‘z joniga qasd qilishga uringani sabab koma holatida tushgan.

Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, avtomashina haydovchisi ajrashgandan so‘ng mol-mulkni taqsimlash natijasidan jahli chiqqani sabab, mashinani odamlar ustiga haydagan. 

Xitoy rahbari Si Szinpin vaziyatag munosabat bildirib, mashina haydovchisini qattiq jazolashni talab qildi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi (CCTV) xabar berdi.

«Aybdor qonunga muvofiq qattiq jazolanishi kerak», deyiladi u.

Xitoy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlarni davolash, ularning oila a’zolariga yordam ko‘rsatishga harakat qilish kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring