Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 361 nafarga yetdi

Bugun, 3-fevral kuni olingan ma’lumotga ko‘ra, Xitoyda koronavirus qo‘zg‘agan pnevmoniya oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 361 kishiga yetdi. Bu haqda «Argumenti.ru» XXR sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi ma’lumotiga asoslanib xabar berdi.
Pnevmoniya bilan kasallanganlar jami soni 17205 kishini tashkil etmoqda. Ma’lum qilinishicha, hozir 2296 kishining ahvoli og‘ir, 475 nafar tuzalgan bemorga esa uyiga javob berilgan.
Oxirgi sutkalarda mutaxassislar yana 2829 nafar kasalni aniqlashdi. Xitoydan tashqarida bu kasallik 148 kishida topilgan. Ayni paytda Xitoyda yana 21558 nafar bemorda aynan koronavirusning yangi turi borligi gumon qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter