Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda taniqli yozuvchiga o‘lim hukmi o‘qildi

Xitoyda taniqli yozuvchiga o‘lim hukmi o‘qildi

Foto: «Mp.weixin.qq.com»

Xitoy yozuvchilar uyushmasi a’zosi, detektiv janridagi asarlari bilan tanilgan yozuvchi Lyu Moubyao, 23 yil avval amalga oshirgan dahshatli jinoyati fosh qilingach, o‘limga hukm qilindi. Bu haqda «Germania.one» xabar bermoqda.

Jinoyat ishi tafsilotlariga ko‘ra, yozuvchi o‘shanda to‘rt nafar insonni, jumladan, 12 yashar bolani o‘ldirgan. Eng dahshatlisi, u detektiv romanlar yozish uchun ilhom olish maqsadida qotillikka qo‘l urgan.

Sud hukmi bilan o‘lim jazosidan tashqari, yozuvchi va uning sherigi Van Moumin barcha siyosiy huquqlardan mahrum qilinib, mol-mulki musodara qilinadi.

Yozuvchi jazoni tabiiy qabul qildi. Xitoy telekanallaridan biriga aytishicha, odamlarni o‘ta shafqatsizlik bilan o‘ldirgani uchun yuz marta jazolashsa ham kam.

Yozuvchining jinoyati faqat 2017-yilga kelib, 23 yil avval qotillik ro‘y bergan joydan olingan DNK namunalari sharofati bilan ochilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring