Xitoydagi g‘alaba paradida 26 mamlakat yetakchilari qatnashadi

Xitoyda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligini nishonlash bo‘yicha o‘tkaziladigan xotira tadbirlarida 26 mamlakat yetakchilari qatnashadi, deb xabar berdi CCTV.
Telekanal taklif etilgan mehmonlar ro‘yxatini keltirdi, ular orasida jumladan:
- Vladimir Putin — Rossiya prezidenti;
- Kim Chen In — KXDR yetakchisi;
- Mas’ud Pezeshkiyon — Eron prezidenti;
- Ilhom Aliyev — Ozarbayjon prezidenti;
- Aleksandr Lukashenko — Belarus prezidenti;
- Qosim-Jo‘mart To‘qayev — Qozog‘iston prezidenti;
- Shavkat Mirziyoyev — O‘zbekiston prezidenti;
- Emomali Rahmon — Tojikiston prezidenti;
- Sadir Japarov — Qirg‘iziston prezidenti;
- Serdar Berdimuhamedov — Turkmaniston prezidenti;
- Aleksandr Vuchich — Serbiya prezidenti;
- Nikol Pashinyan — Armaniston bosh vaziri;
- Robert Fitso — Slovakiya bosh vaziri va boshqa siyosatchilar bor.
Xitoyda Ikkinchi jahon urushi hamda Xitoy xalqining yapon bosqinchilariga qarshi urushdagi g‘alabasining 80 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad 3-sentyabr kuni o‘tkaziladi. Bu tadbirlar aksilyapon kayfiyatida o‘tishini nazarda tutib, o‘tgan hafta Yaponiya hukumati o‘z diplomatik kanallari orqali Osiyo va Yevropa mamlakatlarini Pekindagi xotira tadbirlari va paradda qatnashmaslikka chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, 31-avgust – 1-sentyabr kunlari Xitoyning Tyanszin shahrida ShHT sammiti ham bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter