Xitoydagi zilzila qurbonlari soni 65 nafarga yetdi
Xitoy janubi-g‘arbida, Sichuan provinsiyasining Ludin uyezdini larzaga keltirgan 6,8 balli yer silkinishi qurbonlari soni 65 nafar yetdi. Bu haqda bugun, 6-sentyabr kuni Sinxua agentligi xabar berdi.
Gardze-Tibet muxtor okrugida — 37, Yaan shahrining Shimian uyezdida — 28 kishi zilzila qurboni bo‘ldi. 6-sentyabr tongidagi ma’lumotga ko‘ra, 12 kishi bedarak yo‘qolgan, Gardzeda 170 kishi jarohat olgan, shundan 56 nafari og‘ir ahvolda. Shimianda jami 78 kishiga shikast yetgan.
Xitoy seysmologiya markazi ma’lumot berishicha, Ludindagi zilzila 5-sentyabr kuni Pekin vaqti soat 12:52da yuz bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter