Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoydagi zilzilada 21 kishi qurbon bo‘ldi

Xitoydagi zilzilada 21 kishi qurbon bo‘ldi

Foto: Media.az

Bugun, 5-sentyabr kuni soat 12:52 da Xitoyning Lidun uyezdi (Sichuan, Ganzi provinsiyasi)da 6,8 balli yer osti silkinishi yuz berdi. Zilzila o‘chog‘i 16 km chuqurlikda joylashgan.

XXR markaziy televideniyesi provinsiyaning Gardze-Tibet muxtor okrugi hukumatiga asoslanib xabar berishicha, zilzila oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan.

Zilzila oqibatida mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da Sichuan elektr tarmog‘i o‘chib qolgan, uchta asosiy transformator buzilgan. 40 mingdan ortiq aholi elektr tokisiz qolgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring