Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xonadonlarda majburiy tarzda gazoanalizatorlar o‘rnatiladi

Xonadonlarda majburiy tarzda gazoanalizatorlar o‘rnatiladi

Foto: «directindustry.com.ru»

Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qo‘riqlanishini ta’minlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ-4060, 12.12.18-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga ko‘ra:

  • huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi qurashish tizimiga «Xavfsiz xonadon» konsepsiyasi joriy etiladi;
  • 2022-yil 31-dekabrga qadar respublikaning barcha hududlarida markazlashgan kuzatuvning avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi;
  • yangi turar joylar IIB organlari bilan kelishilgan holda majburiy tarzda qo‘riqlash-yong‘in tashvishgohlari va gazoanalizatorlar bilan jihozlanadi;
  • respublika mahallalarining xavfsizlik darajasi har chorakda reyting asosida baholanadi hamda har yili «Eng xavfsiz mahalla» respublika tanlovi o‘tkaziladi;
  • IIV Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tarkibida asosiy faoliyat yo‘nalishi qo‘riqlov texnik vositalari va tizimlarini montaj qilish, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘lgan «Qo‘riqlash Servis» DUK tashkil etiladi.

2019-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslarning uy-joylari va xonadonlariga foydalanish uchun beriladigan qo‘riqlov texnik vositalarini o‘rnatish va bepul texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish ichki ishlar organlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring