Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazm va Navoiyda kuchli shamol tomlarni uchirib ketdi

Xorazm va Navoiyda kuchli shamol tomlarni uchirib ketdi

Bugun, 21 may kuni Xorazm, Navoiy viloyatlarida gidrometeorologik tabiat hodisalari kuzatilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, Xorazm viloyati Urganch shahridagi Abulg‘ozi-Bahodirxon ko‘chasida ko‘p qavatli uyning taxminan 70 m. kv. maydonida tom qismi kuchli shamol oqibatida uyning orqa tomonidagi avtoturargohga uchib tushgan. Natijada «Jentra» mashinasiga zarar yetgazgan. Urganch tumani G‘alaba MFYdagi xususiy uyning taxminan 80 m. kv. maydonida shifer shamol oqibatida uchib tushgan. Voqea joyida tan jarohati olganlar yo‘qligi aytilgan.

Shuningdek, Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida kuzatilgan kuchli shamol natijasida Do‘stlik MFYda joylashgan uyning taxminan 5 kv.m., Yo‘lchilar MFYda 2 ta xonadonning taxminan 4 kv.m.dan tom qismi shifer va tunukalarini uchgan. Jarohat olganlar yo‘q.

Bunjan tashqari, kuchli shamol esishi Navoiy shahri, Qiziltepa, Karmana va Navbahor tumanlarida, Buxoro viloyatining Buxoro shahri va G‘ijduvon Peshku, Romitan tumanlarida, Samarqand viloyatininng Paxtachi tumanida hamda Qashqadaryo viloyatining Muborak tumani hududilarida kuzatilgan.

Avvalroq Toshkent shahri hokimligi kuchli shamoldan ogohlantirib chiqqan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring