Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazmda ov turizmi tashkil etiladi

Xorazmda ov turizmi tashkil etiladi

Foto: «uzbektourism.uz»

Xorazm viloyatida turizmning yangi yo‘nalishlaridan biri – ov turizmi rivojlantirilmoqda, deb xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

— Ov turizmining qulay jihati shundaki, unda turistlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatuvchi mehmonxonalar qurish talab etilmaydi, — deydi Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti direktori vazifasini bajaruvchi Azizbek Polvonov. — Sayyohlikning bu turida an’anaviy hordiq chiqarish va maishiy qulayliklarga ega bo‘lish ikkinchi darajali masala, deb qaraladi. Turkiyalik tadbirkor Halis Taner bilan viloyat hududida hamkorlikda ovchilik turizmini rivojlantirish va bu sohaga Qatar davlatidan investorlar jalb qilish borasidagi reja va takliflarni o‘rtoqlashdik.

Foto: «uzbektourism.uz»

Xorijlik investor va viloyat mutaxassislari birgalikda rejalashtirilayotgan ovchilik turizmiga mos keluvchi hududlarni — Xorazm — Buxoro yo‘nalishini joylarga chiqib o‘rganishdi.

Yaqin kunlarda rejalashtirilayotgan ishlarning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan qatarlik investorlarni Xorazm viloyatiga tashrifi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring