Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorijiy tilni biladigan davlat xizmatchilariga ustama to‘lash to‘xtatildi

Xorijiy tilni biladigan davlat xizmatchilariga ustama to‘lash to‘xtatildi

Xorijiy tilni biladigan davlat xizmatchilariga ustama to‘lash to‘xtatildi.

Bu haqda Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-son qarorida gap boradi.

Xorijiy tilni biladigan davlat xizmatchilariga ustama to‘lash 2022-yil 1-yanvardan boshlangan edi. Mazkur tartib joriy qilingan PQ-5117-son qarorda  davlat xizmatchilari tomonidan xorijiy tillarni o‘zlashtirish darajasini oshirish hamda davlat organlarini yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar bilan to‘ldirish maqsad qilingan. 

Unda, jumladan, 2021-yil 1-iyuldan boshlab davlat organlarida ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilarini shartnoma asosida jalb qilib, haftada kamida bir marotaba xodimlarni xorijiy tilga o‘qitish amaliyotini yo‘lga qo‘yish, 2022-yil 1-yanvardan boshlab xorijiy tillardan milliy va xalqaro sertifikatga ega davlat xizmatchilari lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha qo‘shimcha ustama to‘lash tartibini yo‘lga qo‘yish belgilangan edi.

2025-yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun ijrosini ta’minlashga oid Prezident qaroriga ko‘ra, 2 yil amal qilgan yuqoridagi tartib bekor qilinmoqda.

Shuningdek, qaror bilan Toshkent Islom universiteti bitiruvchilariga, shu jumladan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilariga ham 20 foizgacha oylik qo‘shimcha haq endi to‘lanmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring