Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana bir bokschimiz Olimpiadani g‘alaba bilan boshladi

Yana bir bokschimiz Olimpiadani g‘alaba bilan boshladi

Bokschilarimizning «Tokio-2020» Olimpiya o‘yinlari doirasida bugungi g‘alabali yurishi davom etadi. Bir oz avval Dilshod Ro‘zmetov (-81 kg) keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz dastlabki jangini irlandiyalik Emmet Brennanga qarshi o‘tkazdi. Ro‘zmetovning jang davomidagi ustunligi yakunda hakamlarning ochkolarida ham o‘z tasdig‘ini topib (5-0), vakilimiz musobaqani davom ettiradigan bo‘ldi. 

Xorazmlik bokschimiz nimchorak finalda ozarbayjonlik Alfonso Lorenga qarshi ringga chiqadi.

Avvalroq Tokio Olimpiadasining boks bahslarida -63 kg vazn toifasida Elnur Abduraimov g‘alabaga erishgani haqda xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring