Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir hokim va o‘rinbosari korrupsiya uchun qamaldi. Faqat Italiyada

Yana bir hokim va o‘rinbosari korrupsiya uchun qamaldi. Faqat Italiyada

Fuskaldo shahri meri Janfranko Ramundo

Foto: «Korrespondent.net»

Italiyaning Fuskaldo shahri meri Janfranko Ramundo va yana 13 kishi korrupsiyada gumonlanib, qamoqqa olindi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda. 

Qamoqqa olinganlar orasida merning o‘rinbosari, shahar hokimiyati maslahatchi, davlat xizmatchilari va xususiy tadbirkorlar ham bor.

14 nafar gumonlanuvchidan 12 nafari qamoqda, 2 nafari uy qamog‘ida saqlanmoqda.

Korrupdiyada gumonlanayotganlarni qo‘lga olish doirasida 215 ming yevro miqdoridagi aktivlar musodara qilingan.

Qo‘lga olinganlar ma’muriy qonunbuzarliklar, bosim o‘tkazish va o‘z mansab vakolatlarini suiste’mol qilishda ayblanmoqda. Bundan tushqari ular talon-taroj qilishda ham gumonlanmoqda. Gumondorlarning 7,5 mln. yevro miqdorida zarar keltirgani tahmin qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring