Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana bir MIB xodimi kaltaklandi

Yana bir MIB xodimi kaltaklandi

Foto:«Prokuratura.uz»

Farg‘onada Majburiy ijro byurosi xodimi kaltaklandi. Voqelik shaharning Qo‘qon ko‘chasida sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Byuroning Farg‘ona shahar bo‘limi davlat inspektori  Sh. Qodirov shu ko‘chada istiqomat qiluvchi fuqaro A. F.ning xonadoniga kelib, foydalanilgan elektr energiyasi uchun 75 ming so‘mlik qarzdorlik hosil bo‘lgani, qonunda ko‘rsatilgan 5 kun muddat berilganligiga qaramay qarz  bartaraf etilmaganini aniqlaydi. Shu bois nisbatan vakolati doirasida keyingi  harakatlarni amalga oshirishga majbur ekanini iste’molchiga tushuntirishga harakat qiladi.  Biroq fuqaro A. F. unga dag‘dag‘a qilib, haqorat va po‘pisa qila boshlaydi. Davlat inspektori o‘zini himoya qilish maqsadida uyali aloqa vositasi orqali tasvirga olishga  tushganda  A.F.ning ukasi chiqib,  akasiga «yordam»ga shoshiladi. Ular uyali aloqa telefonini olib qo‘yish maqsadida inspektorni bo‘g‘ib, bir necha marotaba tepishadi. Natijada  davlat inspektoriga  tan jarohati yetadi.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati mazkur voqelikni tasdiqladi. Va «Xabar.uz»ga ma’lum qildiki, ayni paytda Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro A.F.ga   nisbatan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilib (JK, 219-modda 1-qismi),  dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring