Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘na olmadi

Yana bir samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘na olmadi

Bir muddat avval Uzbekistan airways aviakompaniyasining «Moskva-Toshkent» yo‘nalishidagi HY-602 reysi avialayneri Toshkent aeroportiga qo‘na olmasdan, Navoiydagi zaxira aeroportga yo‘naltirilgani haqida xabar berilgan edi. 

«Novosti Tashkentskogo Neba» telegram kanali bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur holat Azimuth airlines aviakompaniyasining «Mineralnie Vodi – Toshkent» yo‘nalishida uchib kelgan Sukhoi Superjet 100-95B samolyoti bilan ham sodir bo‘ldi.

Xabarda aytilishicha, 600 fut balandlikdagi yomg‘irli bulutlar, tinimsiz yomg‘ir tuman ayrim samolyotlarning Toshkent aeroportiga qo‘nishini qiyinlashtirmoqda. Sukhoi Superjet 100-95B samolyoti ham ayni sabablar bilan zaxira Navoiy aeroportiga yo‘naltirilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring