Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana bir xususiy bandlik agentligi fuqarolarni katta summaga chuv tushirdi

Yana bir xususiy bandlik agentligi fuqarolarni katta summaga chuv tushirdi

Yana bir xususiy bandlik agentligi fuqarolarni chuv tushirgani aniqlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati mahkama huzuridagi Departament ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «I.X.BandlikAgentligi» MChJ mansabdor shaxslari bir necha fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni Germaniya, Chexiya, Litva va boshqa davlatlarda shartnoma asosida ishga yuborishiga va’da qilib, jami 51500 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan. Biroq va’daga vafo qilmay, pullar o‘zlashtirib yuborishadi.

Hozircha «hojatbaror»larga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida ularning boshqa qilmishlari ham ochilishi ehtimoldan holi emasligi aytilayotir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring