Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana uchta lavozim o‘zgarishi e’lon qilindi

Yana uchta lavozim o‘zgarishi e’lon qilindi

Foto: «Nigoh»

Bugun bir qator tayinlovlar amalga oshirilgani, ayrim vazir o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etilgani haqida xabar qilingandi.

Ma’lum qilinishicha, yana boshqa lavozim o‘zgarishlari ham bo‘lgan. Jumladan:

Baxtiyor Atamuradov «O‘zbekchorvanasl» agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – «O‘zbekchorvanasl» agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

Fazliddin Umarov DSQ huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan DSQ raisining birinchi o‘rinbosari – DSQ huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

Baxodir Yusupaliyev Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring