Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi Namangan tumani hokimi prezidentga va’da bergan tadbirkorni bo‘ralatib so‘kkani aytilmoqda (audio)

Yangi Namangan tumani hokimi prezidentga va’da bergan tadbirkorni bo‘ralatib so‘kkani aytilmoqda (audio)

Namanganda hokim tadbirkorni haqorat qildi.

Bloger Olimjon Haydarovning ma’lum qilishicha, Namangan viloyati Namangan shahri Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullayev Prezident Administratsiyasiga murojaat qilgan tadbirkor Anasxon Dedabayevni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkor prezidentga mahalla binosi, bolalar maydonchasi, sport maydonchasi, maishiy xizmat ko‘rsatish do‘konlari qurib berishni va’da qilgan. Ammo bunda ko‘p sarsonliklarga duchor bo‘lgan. Shikoyat qilgani uchun esa haqoratlarga uchragani aytilmoqda.

Holatga hozircha rasmiy munosabat bildirilgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, Anasxon Dedaboyev 2021- yil 19-fevral kuni Prezidentning Namangan  viloyatiga tashrifi chog‘ida tasodifan Shavkat Mirziyoyev bilan yuz-yuz suhbatlashib, mahallasi uchun o‘z hisobidan MFY binosi va mini stadion qurib berishga va’da bergandi.

Prezident «bitgach rasmlari bilan menga xat yozasan», degandi. Avvalroq esa tadbirkor mahalla uchun qurayotgan bino va stadionni bitkazgani aytilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring