«Yangi O‘zbekiston» universitetiga rektor tayinlandi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Ahmedov Bahodir Bobomurodovich «Yangi O‘zbekiston» universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
Bahodir Ahmedov — fizika-matematika fanlari doktori, O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.
Magistraturani Ispaniyaning «Granada» universitetida, doktoranturani Germaniyaning «Axen texnika universiteti»da yakunlagan.
Mehnat faoliyati davomida Bahodir Ahmedov Toshkentdagi INHA universitetida professor, 2021-yildan bugungi kunga qadar «Yangi O‘zbekiston» universitetida professor va o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor sifatida faoliyat yuritgan.
U 2020-yilda «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter