Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi xotira kartasiga 29 mingta film sig‘adi

Yangi xotira kartasiga 29 mingta film sig‘adi

Foto: «Prostotech.com»

«Prostotech.com» portali ma’lum qilishicha, xotira kartalari standartlarini ishlab chiquvchi «SD Association» tashkiloti PCIe 3.0 interfeysi va NVMe 1.3 protokolini qo‘llovchi «SD Express» kartalarini chiqarishga hozirlanmoqda. Yangi texnologiya amaldagi «SDXC» formatidagi kartalar sig‘imini 2 TB gacha kengaytirish imkonini beradi.

Tashkilot yangi formatni ham taqdim etdi: «SD Ultra Capacity» («SDUC») 128 TB sig‘imga ega.

PCIe 3.0 interfeysi ma’lumotlarni 985 Mb/soniyagacha tezlikda uzata oladi. Shuncha tezligiga qaramasdan, 128 terabaytlik kartani to‘liq to‘ldirishga bir yarim sutka (36 soat) ketadi. «SDUC» kartalariga  o‘rtacha uzunlikdagi 29 mingta Full HD formatli filmni, har biri 8 megabaytlik 16 millionta qo‘shiqni yoki har biri 5 megabaytlik 26 millionta fotosuratni sig‘dirish mumkin. Solishtirish uchun: mashhur strim servisi — «Spotify» fondidagi jami qo‘shiqlar soni 35 millionta, demak, servisdagi jami qo‘shiqlarni yozib olish uchun uch dona «SDUC» kartasi yetarli.

Ammo ilg‘or «SD Express» texnologiyalari erta-indin paydo bo‘ladigan narsa emas. Ishlab chiqaruvchilar barcha «rasm-rusumlar»ni uddalaganicha bir necha yillar kutishimizga to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring