Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi Zelandiya aholisi mamlakat nomini o‘zgartirishni talab qilmoqda

Yangi Zelandiya aholisi mamlakat nomini o‘zgartirishni talab qilmoqda

Foto: «RNZ»

Yangi Zelandiya Maori mahalliy partiyasi rahbarlari mamlakatni «Aotearoa» deb o‘zgartirishni talab qilib, petitsiyaga imzo to‘plashni boshladilar. Bu haqda RNZ radiosi xabar bermoqda.

Siyosatchilar 2026-yilgacha barcha shaharlarga maori nomlarini berishni talab qilishgan. Partiya hamraislari Raviri Vaytiti va Debbi Ngareva-Pakerning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat rasmiylari asl joy nomlariga e’tibor bermaydilar va buzib ko‘rsatishadi.

«Ilgari maori tili bu mamlakatda birinchi va rasmiy til maqomini olgan. Biz Polineziya mamlakatimiz, biz Aotearoamiz», — degan Vaytiti.

«Mustamlaka davrida an’anaviy nomlardan ingliz tiliga o‘tish Yangi Zelandiyaning tub aholisi orasida maori tili tarqalishining kamayishiga olib keldi. 40 yil ichida mustamlakachilar bizni tilimizdan mahrum qilishda muvaffaqiyat qozonishdi. Biz buning ta’sirini bugun ham his qilyapmiz», — deya xulosa qildi siyosatchi Ngareva-Paker.

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern maori vakillarining taklifini qo‘llab-quvvatlamagan. U maori joy nomlarini qo‘shimcha, bir-birini almashtiruvchi sifatida ishlatishni taklif qilgan. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, kelajakda bu amaliyotni kengaytirish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring